Erve Renar JCHning qolgan o‘yinlarida Tunisni boshqaradi
Sport
−
16 iyun 1647 1 daqiqa
Fransiyalik mutaxassis Erve Renar Jahon chempionatining oxirigacha Tunis terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi. Bu haqda Tunis futbol federatsiyasi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Avvalroq, Tunis terma jamoasining sobiq murabbiyi Sabri Lamushi birinchi turda Shvetsiyaga qarshi o‘yinda (1:5) mag‘lubiyatdan so‘ng, lavozimidan bo‘shatilganini xabar qilgan edi.
“Renar bugun kechqurun o‘z vazifasini bajarishni boshlaydi va moliyaviy qo‘llab-quvvatlash avvalgi darajada saqlanib qoladi. Shuningdek, kelishuvda Jahon chempionatidan keyin aniq sport maqsadlariga asoslangan uzoq muddatli hamkorlik bo‘yicha muzokaralar boshlashi ham ko‘zda tutilgan”, deyiladi bayonotda.
Fransiyalik mutaxassis bilan matbuot anjumani bugun, 16 iyun kuni o‘tkaziladi.
57 yoshli Renar oldinroq Jahon chempionati oldidan Saudiya Arabistoni terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimini tark etgan edi. Shuningdek, u Marokash, Kot-d’Ivuar, Angola va Zambiya terma jamoalarini ham boshqargan. Renar Afrika Millatlar Kubogida Kot-d’Ivuar va Zambiyani chempionlikka olib chiqqan.
Ma’lumot uchun, Tunis 2-tur uchrashuvini joriy yilning 21 iyun kuni Yaponiyaga qarshi o‘tkazadi.
Live
BarchasiRyutte NATOni futbolga o‘xshatdi
07 iyul