Lloyd Ostin va Entoni Blinken Kiyevga bordi
Olam
−
25 aprel 2022
5762AQSH Mudofaa vaziri Lloyd Ostin va Davlat kotibi Entoni Blinken kecha, 24 aprel kuni Ukraina poytaxti Kiyevga tashrif buyurdi. Bu haqda “Reuters” xabar bergan.
Ta’kidlanishicha, safar davomida siyosatchilar Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashib, mavjud vaziyatni muhokama qilgan.
Muzokaralar davomida tomonlar amerikalik diplomatlarni Kiyevga qaytarish masalasini muhokama qilgan. Qayd etilishicha, elchixona xodimlari shu haftadayoq qaytib kelishi va ish boshlashi mumkin.
Boshqa narsalar qatorida AQSH rasmiylari Ukrainaga bevosita va bilvosita harbiy yordam sifatida 700 million dollardan ortiq mablag‘ ajratilishini e’lon qilgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 14 aprel kuni AQSH senatori Stiv Deyns va Vakillar palatasi a’zosi Viktoriya Shparts Kiyev va uning chekka hududlariga tashrif buyurgandi.
LiveBarchasi