Liverpulda boks bo‘yicha jahon chempionati start oldi
Sport
−
04 Sentabr 6122 2 daqiqa
Angliyaning Liverpul shahrida World Boxing shafe’ligida ilk bor o‘tkazilayotgan jahon chempionati bugun, 4 sentyabr kuni start oldi. Musobaqada 60 mamlakatdan 500 dan ortiq bokschi g‘alaba uchun ringga ko‘tariladi. 14 sentyabrgacha davom etadigan mazkur musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi a’zolarining ishtirokini Nigina O‘ktamova boshlab beradi. Bu haqda Milliy Olimpiya Qo‘mitasi xabar berdi.
-54 kg vazn toifasida ringga ko‘tariladigan Nigina O‘ktamova ilk bosqichda qozog‘istonlik Elina Bazarova bilan bellashadi.
O‘zbekiston terma jamoasi mazkur nufuzli turnirda to‘liq tarkib bilan ishtirok etmoqda. Unga ko‘ra, quyidagi bokschilar dunyo birinchiligida ishtirok etishadi:
Erkaklar
- -50 kg: Shodiyorjon Meliqo‘ziyev
- -55 kg: Mirazizbek Mirzahalilov
- -60 kg: Abdumalik Xalokov
- -65 kg: Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev
- -70 kg: Shavkatjon Boltayev
- -75 kg: Fazliddin Erkinboyev
- -80 kg: Javohir Ummataliyev
- -85 kg: Akmaljon Isroilov
- -90 kg: To‘rabek Habibullayev
- +90 kg: Jahongir Zokirov
Ayollar
- -48 kg: Sabina Boboqulova
- -51 kg: Feruza Kazakova
- -54 kg: Nigina O‘ktamova
- -57 kg: Xumorabonu Mamajonova
- -60 kg: Sitora Turdibekova
- -65 kg: Navbahor Hamidova
- -70 kg: Aziza Zokirova
- +80 kg: Oltinoy Sotimboyeva
Ma’lumot o‘rnida, Tailandning Bangkok shahrida yoshlar va 22 yoshgacha bo‘lgan bokschilar ishtirokida Osiyo chempionatida O‘zbekiston yoshlar jamoasi 7 ta oltin, 3 kumush va 3 ta bronza medali bilan tugatgan edi.
Jahongir Boltaboyev