“Liverpul” va “Bavariya”ga qarshi omadsizliklarni takrorlamaslik uchun kurashamiz – Xavi

Sport

image

Ispaniyaning “Barselona” klubi bosh murabbiyi Xavi Ernandes jamoasining Yevropa Chempionlar ligasidagi omadsiz mavsumlari haqida eslar ekan, ushbu muvaffaqiyatsizliklar takrorlanmasligi barcha bor imkoniyatini ishga solishini ma’lum qildi. Bu haqda “Marca” nashri xabar bermoqda.

Shuningdek, Xavi “ko‘k anorranglilar” 2021 yilning noyabr oyidan buyon ancha-muncha yutuqlarga erishganini alohida qayd etgan.

“Ikkita bir xil o‘yin bo‘lmaydi. “Liverpul” bilan o‘yin “Bavariya”ga qarshi uchrashuv bilan mutlaqo bir xil emas edi. Biz buni takrorlamaslikka harakat qilamiz. Biz kurashamiz. Bu (Yevropa Chempionlar ligasi) musobaqa juda yuqori saviyani talab qiladi. Bu (“Liverpul” va “Bavariya”ga qarshi uchrashuvlardagi yirik mag‘lubiyatlar – tahr.) boshqa takrorlanmasligiga ishonch hosil qilish uchun qo‘limizdan kelganicha harakat qilamiz. Oxirigacha kurashib, g‘alaba qozonishni istaymiz. “Barselona” (2021) noyabr oyidan beri sezilarli yutuqlarga erishdi. Men bundan xursandman. Pozitsion hujum, tezkor hujumlarni rivojlantirish va o‘yin burchaklarini tushunishimiz yaxshilandi”, degan “Barselona” ustozi.

Ma’lumot uchun, bugun, 7 sentyabr kuni “Barselona” Yevropa chempionlar ligasining 1-turi doirasida “Viktoriya” (Plzen) bilan o‘ynaydi. Uchrashuv Toshkent vaqti soat 00:00 da boshlanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Xavi “Barselona”

Baholaganlar

37

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing