“Liverpul” tarixidagi 10 000-golini urdi

Sport

image

Angliyaning “Liverpul” klubi Chempionlar Ligasi guruh bosqichi 2-turidan o‘rin olgan Daniyaning “Midtyulland” jamoasiga qarshi o‘yinda o‘z tarixidagi 10 000-golini urdi. Bu haqda klubning Twitter’dagi rasmiy sahifasida ma’lum qilindi.

Ushbu gol muallifi portugaliyalik futbolchi Diogu Jota bo‘ldi. 

Liverpul shahrida o‘tgan mazkur uchrashuvda hisob 2:0 hisobida yakunlandi.

Mersisaydliklar keyingi turda safarda “Atalanta” mehmoni bo‘lishadi.

Ma’lumot o‘rnida, “Liverpul” futbol jamoasiga 1892 yilda asos solingan. Jamoa tarixidagi 10 000-golni urish uchun 5 753 ta o‘yin o‘tkazishiga to‘g‘ri keldi.
 


Maqola muallifi

Teglar

futbol “Liverpul'”

Baholaganlar

67

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing