“Liverpul” Xavi bilan dastlabki muzokaralarni o‘tkazdi

Sport

image

Angliyaning “Liverpul” klubi “Bayer” ustozi Xabi Alonsoni jamoa bosh murabbiyligiga taklif qilmoqchi. Bu haqda futbol jurnalisti Florian Plettenberg o‘z X sahifasida ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, ingliz klubi rahbariyati ispaniyalik mutaxassis vakillari bilan ehtimoliy hamkorlik haqida allaqachon bog‘langan.

Qayd etish joiz, “Liverpul” bosh murabbiyi Yurgen Klopp joriy mavsum yakunlanganidan so‘ng jamoani tark etishini ma’lum qildi. Xabi Alonso esa 2022 yildan buyon “Bayer”ni boshqarib kelmoqda.

Germaniya chempionatining joriy mavsumida o‘tkazilgan 22 ta turdan so‘ng ispaniyalik mutaxassis boshchiligidagi “Bayer” 58 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. “Bavariya” esa 2-o‘rinda bormoqda. Myunxen klubi hisobida 50 ochko bor.


Maqola muallifi

Teglar

Liverpul' Bayer Xabi Alonso

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing