“Liverpul” – “Arsenal” o‘yini oldidan Klopp qanday fikrda?
Sport
−
19 noyabr 2021
2663“Liverpul” bosh murabbiyi Yurgen Klopp “Arsenal”ga qarshi Angliya premer ligasining 12-turidan o‘rin olgan uchrashuv haqida fikr bildirdi.
Nemis mutaxassisi raqibning kuchini yuqori baholab, joriy mavsumda jamoaning o‘yini o‘sganini ta’kidladi.
“Barchamizga ma’lumki, “Arsenal” o‘tgan mavsum oxirida yevrokuboklarga yo‘llanma beruvchi o‘rinlarni qo‘lga kirita olmadi. Bu klub va ularning muxlislari uchun yomon natija, ammo biz bundan unumli foydalanishimiz kerak”, deydi Klopp.
Shuningdek, germaniyalik mutaxassis “to‘pchilar” bosh murabbiyi Mikel Arteta va uning uslubi haqida gapirdi:
“Mikel Arteta hozir nima qilyapti? U yangi o‘yinchilarni olib keldi, ba’zilari yana gol urishni boshladi. Qolaversa, yosh va iqtidorli futbolchilar ham bor. Menimcha, endi “Arsenal” mavsum boshiga nisbatan butunlay boshqacha jamoaga aylanib bo‘lgan. Ha, “kanonirlar” 8 ta bahsdan buyon mag‘lubiyatga uchramadi. Biroq bu safar Enfildga yo‘l olishmoqda”, deya Klopp so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda mersisaydliklar matbuot xizmati.
Eslatib o‘tamiz, Yurgen Klopp shogirdlari 22 ochko bilan APL turnir jadvalida to‘rtinchi o‘rinda bormoqda. “Arsenal” esa beshinchi pog‘onaga joylashgan, jamoa hisobida 20 ochko mavjud.
Ma’lumot uchun, “Liverpul” – “Arsenal” uchrashuvi joriy yilning 20 noyabr kuni “Enfild” stadionida Toshkent vaqti bilan soat 20:00 da start oladi.
LiveBarchasi