“Liverpul” APLda tarixiy rekord o‘rnatdi

Sport

image

Angliya Premer ligasining 17-turidan o‘rin olgan uchrashuvda “Liverpul” “Nyukasl”ni 3:1 hisobida mag‘lub etdi va ushbu g‘alaba mersisaydliklar uchun APLdagi 2000-g‘alaba bo‘ldi. Shu tariqa “qizillar” tarixda bu ko‘rsatkichga erishgan birinchi klub bo‘ldi. 

Bu ko‘rsatkich bo‘yicha “Liverpul”ga eng yaqin klub “Arsenal” bo‘lib, londonliklar 1927 marta g‘alaba qozongan. “Everton” (1872), “Manchester Yunayted” (1857) va “Aston Villa” (1675) kuchli beshlikka yakun yasagan.

Shuningdek, ushbu g‘alaba bosh murabbiyi Yurgen Klopp uchun APLdagi 150-g‘alaba bo‘ldi va o‘ziga xos rekord o‘rnatildi. 

Germaniyalik mutaxassis bu ko‘rsatkichga klub tarixidagi barcha murabbiylardan tezroq erishdi. Buning uchun unga 237 ta o‘yin kerak bo‘ldi. Shu tariqa Klopp 249-bahsda 150 g‘alabaga erishgan Kenni Dalglishning rekordidan o‘zib ketdi (2011 y). 

Ma’lumot uchun, ayni damda “Liverpul” 17-o‘yindan so‘ng 40 ochko jamg‘argan holda APL turnir jadvalida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi va peshqadam “Manchester Siti”dan bir ochko ortda qolmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

APL Arsenal Liverpul' Klopp Dalglish

Baholaganlar

47

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing