“Liverpul” APL chempioni bo‘ldi
Sport
−
28 aprel 3931 1 daqiqa
“Liverpul” klubi joriy mavsum yakuniga 4 tur qolganida, muddatidan oldin Angliya chempionligini qo‘lga kiritdi.
Kecha, 27 aprel kuni Angliya Premer-ligasi 34-turida “Liverpul” o‘z uyida “Tottenxem”ni qabul qildi va yirik 5:1 hisobida g‘alaba qozondi. O‘yinda “mersisaydliklar” safida Dias, Makallister, Gakpo, Saloh gol urgan bo‘lsa, londonliklar himoyachisi Udogi o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi. “Tottenxem”dan Solanke javob golini urdi.
Shu tariqa, Arne Slot boshchiligidagi “Liverpul” turnir jadvalidagi eng yaqin ta’qibchisi “Arsenal”ni 15 ochkoga ortda qoldirib, o‘z tarixida 20-marta APL chempionligini qo‘lga kiritdi.
Live
BarchasiNavoiyda Qorbobolar paradi o‘tkazildi
25 dekabr
Mariya Zaxarova 50 yoshga to‘ldi
25 dekabr