Livanda jahannam eshiklari ochilmoqda – Guterrish

Olam

image

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish Isroilning bir sutkada yuzlab odamlarning hayotiga zomin bo‘lgan hujumlari tufayli Livanning "do‘zax"ga aylanishi xavfidan ogohlantirdi.  Bu haqda u kecha, 23 sentyabr kuni BMT Xavfsizlik kengashining Yaqin Sharqdagi vaziyatga bag‘ishlangan yig‘ilishida so‘z ochdi.

Guterrish Isroil va “Hizbulloh” o‘rtasidagi mojarolar Livan uchun halokatli oqibatlarga olib kelishi mumkinligini aytdi.

“Livanda jahannam eshiklari ochilmoqda. Bosh Assambleyada aytganimdek, bu barchamizni tashvishga solishi kerak. Livan tubsizlik yoqasida”, dedi Bosh kotib.

Guterrish Livan suverenitetini hurmat qilish zarurligini ta’kidlab, mamlakat Qurolli Kuchlarini mustahkamlash bo‘yicha barcha sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi. Guterrishning so‘zlariga ko‘ra, oktyabr oyidan beri Isroil va “Hizbulloh” harakati o‘rtasidagi ziddiyat tufayli Livanda 200 mingga yaqin, Isroil shimolida esa 60 mingdan ortiq odam o‘z uyini tashlab ketgan.

U, shuningdek, 23 sentyabr Livanning eng qonli kuni bo‘lganini aytdi. Livan Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga tayanib, Guterrishning atishicha, Isroilning dushanba va seshanba kungi hujumlarida 569 kishi, jumladan 50 bola va 94 ayol halok bo‘lgan va 1800 dan ortiq kishi jarohatlangan.

BMT Bosh kotibi tomonlarni zudlik bilan harbiy harakatlarni to‘xtatishga chaqirdi va “Livan xalqi, Isroil xalqi va butun dunyo xalqi Livanning boshqa G‘azoga aylanishiga yo‘l qo‘ymasligini” qo‘shimcha qildi.

Eslatib o‘tamiz, 24 sentyabr kuni BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish BMT Bosh Assambleyasining 79-sessiyasidagi umumiy siyosiy muhokamada Livan tez orada ikkinchi G‘azoga aylanishi mumkinligidan ogohlantirgandi.


Maqola muallifi

Teglar

BMT Antoniu Guterrish Livan

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing