Livanda motam e’lon qilindi
Jamiyat
−
15 Oktabr 2021
5324Livan Bosh vaziri Najib Mikati bugun, 15 oktyabrni Bayrutdagi otishma qurbonlari sharafiga motam kuni deb e’lon qildi. Bu haqda Livan hukumat devonxonasi tarqatgan xabarda aytilgan.
Unda 15 oktyabr, juma kechagi voqealar qurbonlari uchun umumiy motam kuni deb e’lon qilingan. Qayd etilishicha, shu kuni barcha davlat idoralari, shuningdek, davlat va xususiy maktablar yopiladi.
Eslatib o‘tamiz, kecha,14 oktyabr kuni Bayrutda 2020 yilda bandargohda yuz bergan portlashni tergov qilishdan norozi shia partiyalarining namoyishi vaqtida otishma sodir bo‘ldi. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, tartibsizliklarni binolardan biridan o‘q uzgan snayper qo‘zg‘atgan. Otishma oqibatida kamida olti kishi halok bo‘lgan, o‘nlab odam jarohatlangan. Livan armiyasi shaharga zirhli texnikalarni kiritib, kimda-kim ko‘chaga qurol bilan chiqsa, ularga o‘q uzishini ma’lum qildi.
LiveBarchasi