Livanda gaz tankeri portladi. O‘nlab qurbonlar bor (video)

Olam

image

Bugun, 15 avgust kuni Livanning Akkar tumanida gaz tankeri portladi. Oqibatda kamida 20 kishi halok bo‘ldi, 100 ga yaqin odam jarohatlandi. Bu haqda Livan Qizil Xochi Twitter sahifasida ma’lum qildi.

“Jamoalarimiz tanker portlashida halok bo‘lgan 20 nafar kishining jasadi va yetti nafardan ziyod jarohatlanganlarni Akkar shifoxonasiga olib bordi”, deyiladi xabarda.

Voqea joyida Qizil Xochning 22 ta jamoasi ish olib bormoqda.

“Al-Arabiya” telekanali xabariga ko‘ra, portlash natijasida kamida 100 kishi jarohatlangan. Hodisa Akkar shahrining Tleyl tumanida yuz bergan. Portlash sababi aniqlanyapti.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning 4 avgustida Livan poytaxti Bayrutda bandargohning katta qismini vayron qilgan va shahardagi ko‘plab binolarga zarar yetkazgan kuchli portlash sodir bo‘lgan edi. O‘shanda yuzdan ortiq odam halok bo‘lgan. Shahar ma’muriyati portdagi portlash oqibatida yetkazilgan zararni 15 milliard dollarga baholadi. Hodisa oqibatida 300 mingga yaqin odam uy -joysiz qolgan.

 


Maqola muallifi

Teglar

Livan

Baholaganlar

9

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing