Litvada yahudiylar Ikkinchi jahon urushidagi yo‘qotishlari uchun tovon talab qilmoqda

Olam

image

1 mingga yaqin yahudiy  Litvadan ikkinchi jahon urushi paytida  tortib olingan ko‘chmas mulk uchun tovon puli talab qilmoqda. Bu haqda BNS agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Litvada tashkil etilgan “Yaxshi niyat” jamg‘armasiga ikkinchi jahon urushida davlat va fashist bosqinchilarining noqonuniy xatti-harakatlari oqibatida yo‘qotilgan mol-mulki uchun tovon undirish talabi bilan 951 ta ariza kelib tushgan.

“Arizalar belgilangan shaklga muvofiqligi va qayta tiklash komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqilishi kerak, shundan so‘ng qaror fond boshqaruvi tomonidan qabul qilinadi. Huquqiy rasmiylashtirish 1 noyabrgacha yakunlanishi kutilmoqda”, deyiladi xabarda.

Jamg‘arma direktori vazifasini bajaruvchi Indre Rutkauskaytening aytishicha, barcha arizalar ko‘rib chiqilgandan keyin tovon puli ajratilishi mumkin.

“Tovon puli uchun davlat  5 million yevro ajratgan, ammo undan ko‘p emas”, deydi u.

Ma’lumot uchun, “Yaxshi niyat” jamg‘armasi 2011 yil oxirida tashkil topgan bo‘lib, jamg‘armaning asosiy maqsadi  Litvada  yahudiy diniy jamoalarining ko‘chmas mulki uchun tovon to‘lash hisoblanadi. Shuningdek, litvalik yahudiylarning diniy, madaniy, sog‘liqni saqlash, sport va ilmiy loyihalarini moliyalashtirishdir.


Maqola muallifi

Teglar

Litva tovon yahudiy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing