Litvada amaldagi davlat rahbari va Bosh vazir prezidentlik uchun kurashadi

Olam

image

Kecha, 12 may kuni Litvada prezidentlik saylovlarining birinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Uning natijalari saylovlar ikkinchi bosqichda ham davom etishini ko‘rsatdi. Bu haqda “Delfi” xabar berdi.

Bugun, 13 may o‘tar kechasi ma’lum bo‘lishicha, amaldagi davlat rahbari Gitanas Nauseda va Bosh vazir Ingrida Shimonite ikkinchi bosqichda o‘tish huquqini qo‘lga kiritgan. Ko‘pchilik ovozlarni sanab chiqish natijalariga ko‘ra, Nauseda 44,54 %, Simonit esa 19,94% ovoz olgan. Ovoz berishda saylovchilarning 59,4 foizi ishtirok etgan.

“Ha, birinchi turdiyoq g‘alaba qozonishni xohlardim. Ammo, aftidan, ikkinchi tur bo‘ladi. Men ikkinchi raundda g‘alaba uchun qattiq kurashishga tayyorman va buning uddasidan chiqaman deb o‘ylayman”, deydi Nauseda.

O‘z navbatida, Shimonite ikkinchi bosqichga chiqishini quyidagicha izohladi:

"Bu bosqichdagi asosiy maqsadim ikkinchi bosqichga chiqish edi. Va bunga erishildi, deb hisoblayman".

Litva prezidentligiga saylovda jami sakkiz nafar nomzod ishtirok etdi. Ular orasida huquqshunos Ignas Vegele, antisemitizm bayonotlari tufayli mandatdan mahrum qilingan Litva Seymining sobiq deputati Remigiyus Jemaytaytis va boshqalar bor.

Saylov kampaniyasi Ukrainadagi urush va uning Litva milliy xavfsizligi uchun oqibatlari, shuningdek, ijtimoiy-siyosiy mavzularga qaratildi. Litva Yevropa Ittifoqi va NATO a’zosi bo‘lib, Rossiyaning Kaliningrad viloyatidagi anklav va Belarus bilan chegaradosh. Kelgusi yillarda bu davlat NATOning ehtimoliy harbiy amaliyotlari uchun muhim bazaga aylanadi. Yevropadagi xavfsizlik vaziyatidagi o‘zgarishlar va Rossiyaning agressiv harakatlari fonida Germaniya Litva hududiga besh minggacha askardan iborat Bundesver brigadasini joylashtirishga va’da bergan.


Maqola muallifi

Teglar

Litva prezidentlik saylovi Gitanas Nauseda Ingrida Shimonite

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing