Litva rahbari NATOni Rossiya chegaralari yaqinida harbiy bazalar qurishga undadi

Olam

image

Litva Prezidenti Gitanas Nauseda NATO Rossiya chegaralari yaqinida harbiy bazalar joylashtirish bo‘yicha o‘z cheklovlaridan voz kechishi kerak, deb hisoblamoqda. Bu haqda “The Times” xabar berdi.

Qayd etilishicha, Nauseda Belarusda Rossiyaning taktik-yadroviy qurollari joylashtirilishi sababli NATO va Rossiya o‘rtasida 1997 yilda imzolangan qonunni “o‘lik” deb tan olish kerakligini aytgan.

Ma’lumot uchun, “O‘zaro munosabatlar hamkorlik va xavfsizlik to‘g‘risida”gi ta’sis akti 1997 yilning 27 mayida Parijda Rossiya va NATO o‘rtasida imzolangan bo‘lib, unda Rossiya va NATOning asosiy sohalardagi majburiyatlari, ularning o‘zaro ta’siri normalari va mexanizmlari belgilab berilgan. Kelishuv harbiy kuchlarni qisqartirish, halokatli qurollar soni va ikki qutbli dunyo tartibi o‘rnini bosuvchi yangi xavfsizlik tuzilmasiga urg‘u berilgan. Tomonlar, shuningdek, hujum imkoniyatlarini qisqartirishni nazorat qilish va xavfsizlik sohasidagi hamkorlikni kuchaytirishga kelishib olgan.

Bundan tashqari, u NATOdagi ittifoqchilarini “juda mo‘rt va xavfli vaziyat” sababli harbiy xarajatlarni oshirishni tezlashtirishga undagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Nauseda “Vagner”ning Belarusga ko‘chishi ma’lum bo‘lganidan so‘ng NATOni sharqiy qanotini mustahkamlashga chaqirgandi.


Maqola muallifi

Teglar

NATO Litva Rossiya chegaralari harbiy bazalar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing