Lipetskdagi koloniyadan qochgan oltinchi mahkum ham qo‘lga olindi
Olam
−
07 noyabr
6702Rossiyaning Tambov viloyati IIV xodimlari ko‘magida ikki hafta oldin Lipetsk viloyatidagi jazoni o‘tash koloniyasidan qochgan oltinchi mahkum ham qo‘lga olindi. Bu haqda Rossiya Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Tambov viloyatida Rossiya Jazoni ijro etish federal xizmati vakillari bilan hamkorlikda politsiya xodimlari qidiruv operatsiyasini yakunlagan. Natijada Polinino qishlog‘i hududida jazoni o‘tash koloniyasidan qochgan oltinchi mahkum ushlangan.
“Shu tariqa, politsiyaning turli bo‘linmalari – jinoyat qidiruv, patrul-post xizmati, Davlat avtoinspeksiyasi, uchastka vakillarining hamkorlikda ishlagani tufayli bir nechta mintaqada qochgan olti mahkumning barchasini qo‘lga olishga muvaffaq bo‘ldi”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaning Lipetsk viloyatida olti mahkum koloniyadan qochib ketgani va ularning 5 nafari o‘zbekistonlik ekani xabar qilingan edi. Shundan so‘ng dastlab Tambov viloyatida mahkumlardan 4 nafari, keyinchalik esa yana bir nafar mahkum koloniyadan 50 km uzoqlikda qo‘lga olingan.
LiveBarchasi