Sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti Xorazm filiali tashkil etildi
Jamiyat
−
19 aprel 2019
7414O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti Xorazm filialini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanalida xabar berildi.
Qaror bilan Sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti Xorazm ilmiy-tajriba stansiyasi negizida Sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti Xorazm filiali tashkil etildi.
Filialning asosiy vazifasi hududning tuproq-iqlim sharoitlariga mos, yukori hosilli, kasalliklarga chidamli, guruchining yuqori sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha ajralib turuvchi sholi navlari va duragaylarini yaratish bo‘yicha tadqiqotlarni kengaytirish hisoblanadi.
Qaror bilan 2019-2021 yillarda Filialni rivojlantirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.
Dastur doirasida sholichilik sohasidagi ilmiy-tadqiqotlar jahon andozalari asosida o‘tkaziladi.
LiveBarchasi