LG o‘yinqaroqlar uchun qulay televizor yaratdi

Texnologiya

image

LG kompaniyasi 8K OLED televizorlarini ishlab chiqarishni boshlagan birinchi kompaniya hisoblanadi. Endi esa Janubiy Koreyaning eng yirik kompaniyasi ilk bor Nvidia videokartalarini qo‘llagan holda 8K televizorlarini ishlab chiqardi. 

"O‘yin o‘ynovchilar eng so‘nggi kompyuter o‘yinlarini 8K televizorida o‘ynab, televizorning imkoniyatlaridan xayratga tushadilar. Ular GeForce RTX 3090 protsessori yordamida ajoyib realizm va rivojlangan sun’iy intellekt xususiyatlarini ko‘rib, baho berishlari mumkin", deydi Nvidia kompaniyasining GeForce global marketingi bo‘yicha vitse-prezidenti Mett Uebling. 

Yangi televizorlar akustik sozlash opsiyasi bilan jihozlangan bo‘lib, akustik muhitni analiz qilishga imkon beradi, bu esa ovoz uzatishning aniqligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Televizorda LG ThinQ funksiyasi ham mavjud. U sizga ovozingiz yordamida televizorni boshqarish imkonini beradi.

Rushanabonu Sultonova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Janubiy Koreya LG

Baholaganlar

56

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing