Levandovskiy Saudiyaga o‘tishga yaqin turibdi
Sport
−
15:19 770 1 daqiqa
Polshalik hujumchi Robert Levandovskiy “Barcyelona”dan Saudiya Arabistonining “Al Hilol” klubiga o‘tishga yaqin turibdi. Bu haqda jurnalist Yaroslav Kolinskiy ma’lum qildi.
Manbaga ko‘ra, 37 yoshli futbolchi saudiyaliklar taklifini qabul qilish arafasida. “Al-Hilol” Levandovskiyga yiliga 90 million yevro maosh taklif qilgan.
Ta’kidlanishicha, polshalik hujumchiga Yevropaning bir nechta klublari ham qiziqish bildirmoqda. Biroq futbolchining o‘zi faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirish tarafdori. U mashg‘ulotlar yuklamasini kamaytirib, muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishni istamoqda. Bu esa unga Polsha terma jamoasi safida ham yuqori sport formasini saqlab qolish imkonini beradi.
Levandovskiyning “Barselona” bilan amaldagi shartnomasi shu yozda yakuniga yetadi. U joriy mavsumda kataloniyaliklar safida 44 ta uchrashuvda maydonga tushib, 18 ta gol urdi.
Tajribali forvard 2022 yilning yozida “Bavariya”dan 45 million yevro evaziga “Barselona”ga ko‘chib o‘tgandi. Shu vaqt davomida u klub bilan 3 ta La Liga chempionligi, bitta Qirollik kubogi va 3 ta Ispaniya Superkubogini qo‘lga kiritdi.

Live
Barchasi