Levandovskiy MLS’da debyut qildi
Sport
−
10:40 1302 2 daqiqa
Bugun, 23 iyul kuni MLS muntazam chempionati doirasida “Inter Mayami” o‘z maydonida “Chikago Fayr”ni 3:2 hisobida mag‘lub etdi. Ushbu bahsda Levandovskiy MLS’dagi ilk uchrashuvini o‘tkazdi.
Mezbonlar safida Luis Suares 27 va 51-daqiqalarda, Preston Plambek esa 87-daqiqada gol urdi. Suaresning dastlabki goli penaltidan kiritildi.
“Chikago”ning yagona goliga Puso Dittejane 67-daqiqada mualliflik qildi. Uchinchi gol esa qiziqarli vaziyatda yuz berdi: 18-daqiqada “Inter Mayami” darvozaboni Rokko Rios Novo jamoadoshining orqaga uzatgan to‘pini nazorat qila olmadi va to‘p darvozaga kirib ketdi. Shu tariqa hisob avtogol orqali ochildi.
Ushbu bahsda polshalik hujumchi Robert Levandovskiy MLS’dagi ilk uchrashuvini o‘tkazdi. U 62 daqiqa harakat qildi, ammo gol urishga erisha olmadi. Uning debyuti aslida 17 iyul kuniga rejalashtirilgan edi, biroq Kanadadagi o‘rmon yong‘inlari oqibatida havo sifati yomonlashgani sababli “Vankuver”ga qarshi uchrashuv bekor qilingandi.
Levandovski joriy yilning 29 iyun kuni “Inter Mayami” safiga qo‘shilib, klub bilan 2027-2028 yilgi mavsum oxirigacha mo‘ljallangan shartnoma imzolagan. U bunga qadar 2022 yildan beri “Barselona” sharafini himoya qilib kelgan edi.
Argentinalik yulduz Lionel Messi esa mazkur uchrashuvni o‘tkazib yubordi. Unga Jahon chempionatidagi ishtiroki sababli qo‘shimcha dam berilgan. Messi boshchiligidagi Argentina terma jamoasi finalgacha yetib borgan va hal qiluvchi bahsda qo‘shimcha vaqtda Ispaniyaga 0:1 hisobida mag‘lub bo‘lgan edi.
Live
Barchasi