Yamal mundialning ilk o‘yinini o‘tkazib yuboradi – OAV
Sport
−
19 may 834 1 daqiqa
“Barcyelona” futbolchisi Lamin Yamal olgan jarohati sabab Ispaniya terma jamoasining 2026 yilgi Jahon chempionatidagi ilk o‘yinini o‘tkazib yuboradi. Bu haqda “The Athletic” xabar berdi.
Nashr ma’lumotiga ko‘ra, 18 yoshli vinger joriy yilning 15 iyun kuni Kabo-Verdega qarshi uchrashuvda maydonga tusha olmaydi. Uning 21 iyun kuni Saudiya Arabistoniga qarshi guruh bosqichining ikkinchi o‘yinida ishtirok etishi kutilmoqda.
Lamin Yamal joriy yilning 22 aprel kuni Ispaniya La Ligasining 33-turidan o‘rin olgan “Selta”ga qarshi bahsda jarohat olgan edi. Keyinroq unda son mushaklari shikastlangani aniqlanib, futbolchi klub mavsumining qolgan qismini o‘tkazib yuborishi ma’lum qilingan.
Ushbu mavsumda Yamal “Barcyelona” safida barcha musobaqalarda 45 ta uchrashuvda maydonga tushib, 24 ta gol urdi.
Ma’lumot uchun, Ispaniya Jahon chempionatida “H” guruh bosqichida Kabo-Verde, Saudiya Arabistoni va Urugvayga qarshi bahs olib boradi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Barselona” yarim himoyachisi Fermin Lopes olgan jarohati sabab Jahon chempionatini o‘tkazib yuborishi ma’lum qilingandi.

Live
BarchasiPutin Xitoyga yetib bordi
19 may