Levandovski YeCHLdagi yubiley uchrashuvida xet-trik qayd etdi

Sport

image

Myunxenning “Bavariya” klubi forvardi Robert Levandovski, UEFA Chempionlar ligasi 4-turidan o‘rin olgan “Benfika”ga qarshi uchrashuvdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Polshalik futbolchi ushbu uchrashuvda xet-trik qayd etdi va to‘purarlar poygasida birinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi.

“Bu oqshom ajoyib kechdimi yoki yo‘q aniq aytolmayman. Chunki men penaltidan foydalana olmadim. Lekin bu meni bezovta qilmaydi. Yaxshiyamki, biz raqibga qaraganda ko‘proq gol urdik, jumladan men ham. Ajoyib alabaga erishib, yana uch ochkoni qo‘lga kiritdik va pley-offga yo‘l oldik. Men Chempionlar ligasida bunchalik ko‘p o‘yin o‘tkazaman va yaxshi natijalarga erishib, gollar uraman, deb o‘ylamagandim. Bu kunni hech qachon unutmayman”, deydi Levandovski.

Ma’lumot uchun, Robert Levandovski UEFA Chempionlar ligasio‘zi ishtirok etgan 100 ta uchrashuvda raqib darvozasiga 81 ta gol urgan.


 


Maqola muallifi

Teglar

EChL Bavariya Levandovski

Baholaganlar

3

Reyting

3.7

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing