Levandovski Ronaldu va Messini ortda qoldirmoqda

Sport

image

Kecha, 12 noyabr kuni Polsha terma jamoasi sardori Robert Levandovski Andorraga qarshi kechgan Jahon chempionati saralash uchrashuvida (4:1) dubl qayd etdi. Bu 2021 yilda Levandovski uchun klub va terma jamoa safidagi o‘yinlarda urilgan 62-gol sifatida qayd etildi. “Manchester Yunayted” vakili Krishtianu Ronaldu hisobida 42 ta, “PSJ” forvardi Lionel Messida esa 40 ta gol mavjud.

Bundan tashqari, 33 yoshli “Bavariya” futbolchisi joriy mavsum klub va terma jamoa libosi ostida 23 ta o‘yinda maydonga tushib, 28 marta raqiblar darvozasini ishg‘ol etgan. 

Eslatib o‘tamiz, Leva joriy yilning 29 noyabr kuni “France football” nashri tomonidan topshiriladigan “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritish uchun asosiy da’vogarlardan biri hisoblanadi, biroq futbolchi sovrin haqida o‘ylamayotganini aytib o‘tgan edi. 

U avvalgi mavsumda Germaniya Bundesligasida 40 ta gol urib, Gerd Myullerning tarixiy rekordini yangilagan.


 


Maqola muallifi

Teglar

Krishtianu Ronaldu Pol'sha “Manchester Yunayted” Robert Levandovski Gerd Myuller France football

Baholaganlar

221

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing