Levandovski Messining rekordini yangiladi

Sport

image

Polshalik futbolchi Robert Levandovski “Barselona”ning Yevropa Chempionlar ligasi (YeCHL) pley-off bosqichida gol urgan eng keksa futbolchisiga aylandi. Bu haqda “Opta” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, forvard 35 yoshu 184 kunligida “Napoli” bilan 1/8 finalning dastlabki uchrashuvida (1:1) raqib darvozasini ishg‘ol qilishni uddaladi.

Shunday qilib, Levandovski 2021 yilning mart oyida 33 yoshu 269 kunligida PSJ bilan 1/8 final javob o‘yinida (1:1) “Barselona” safida gol urgan argentinalik futbolchi Lionel Messining rekordini yangiladi.

Joriy mavsum Levandovski “ko‘k-anorranglilar” safida YeCHLda 6 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Ma’lumot uchun, “Barselona” “Napoli”ga qarshi javob o‘yinini 13 mart kuni o‘tkazadi.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Napoli Lionel' Messi Robert Levandovski

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing