Levandovski faoliyatini qaysi klubda davom ettiradi?

Sport

image

“Bavariya” hujumchisi Robert Levandovski faoliyati qachongacha davom etishi haqida aytib o‘tdi.

“Men kelajak haqida o‘ylamayapman. Hozirgi holatdan ko‘nglim to‘q va bor e’tiborimni joriy mavsumga qaratganman. Har yili paydo bo‘ladigan mish-mishlarga o‘rganib qolganman. Ayni paytda “Bavariya” futbolchisiman”, deydi Levandovski.

Shuningdek, 33 yoshli forvard futbolda bir necha yillardan beri ishlab kelayotgan VAR texnologiyasi haqidagi savolga javob berdi:

“Chempionlar ligasining ikki yarim finali va bir chorak finalida hakamlarning xatolari tufayli mag‘lub bo‘lganmiz. Balki finalga chiqib, g‘alaba qozongan bo‘lardik. O‘ylaymanki, agar VAR to‘g‘ri qo‘llanilsa yaxshi narsa”.

Eslatib o‘tamiz, Leva “Globe Soccer Awards” yillik taqdirlash marosimida yilning eng yaxshi hujumchisi, deb topilgan edi.

Ma’lumot uchun, Levandovskining Myunxen jamoasi bilan tuzgan shartnomasi 2023 yilda o‘z yakuniga yetadi.


Maqola muallifi

Teglar

Bavariya VAR Levandovski

Baholaganlar

25

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing