Leps xulqi ortidan 100 ming dollar jarima to‘lashi mumkin

Madaniyat-san’at

image

Rossiyalik mashhur qo‘shiqchi Grigoriy Lepsdan “g‘ayriijtimoiy xulq-atvorni targ‘ib qilgani” uchun 10 million rubl (107 ming AQSH dollari) talab qilinmoqda. Bu haqda “RIA Novosti” nashri xabar berdi. 

Bildirilishicha, "Bratstvo Morozov-Zlatoust" diniy guruhi rahbari A.I.Morozov Moskvaning Xamovnicheskiy tuman sudiga Grigoriy Leps nomi bilan mashhur bo‘lgan qo‘shiqchi  G.V.Lepsveridze va "Gugl" MCHJga nisbatan da’vo arizasini kiritgan. Sud da’vo bo‘yicha majlisni 3 noyabrga tayinlagan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, jamoa a’zosi Leps YouTube'da g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlarni targ‘ib qilayotganini va bundan daromad olayotganini, bu orqali esa diniy guruhning tamoyillariga putur yetkazayotganini da’vo qilgan.

Da’vogar ushbu vajlar bilan suddan 10 million rubl miqdorida ma’naviy zararni qoplatib berishni so‘ragan. 

Eslatib o‘tamiz, oldinroq kolumbiyalik mashhur qo‘shiqchi Shakira soliq firibgarligi bo‘yicha ayblangandi. U 2012 yildan 2014 yilgacha olingan daromadidan 14,5 million yevro soliq to‘lamagani uchun sudga tortilishi kerakligi aytilgandi.
 


Maqola muallifi

Teglar

jarima Leps qo'shiqchi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing