Legioner futbolchilar bilan yanada kuchliroqmiz – Temur Kapadze

Sport

image

Avvalroq, Toshkent shahridagi O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi binosida O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (O‘FA) vitse-prezidenti Ravshan Ermatov hamda Olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Temur Kapadze ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazilgani xabar qilingandi.

Matbuot anjumanida Olimpiya terma jamoasi ustozi Temur Kapadze futbolchilarning Osiyo kubogiga tayyorgarligi borasida fikr bildirdi.

“Bizda har bir futbolchi tarkibga munosib. Biz bir futbolchiga ishonib qolmaymiz. Bu futbol. Kim 23 talik yakuniy ro‘yxatga kirsa, o‘sha tayyor bo‘ladi. Biroq legionerlarimiz bilan biz yanada kuchliroqmiz. Chunki ular Milliy terma jamoamizda ham asosiy tarkib futbolchilari hisoblanadi. Qatarga qarshi o‘yin foydali bo‘ldi. Guruh bosqichida ham oson o‘yin yo‘q. Raqiblarimiz ham o‘sgan. Nasib bo‘lsa, guruhdan albatta chiqamiz”, deydi Kapadze.

Shuningdek, Kapadze vitaminizatsiya bilan bog‘liq jihatlarga ham to‘xtaldi.

“Vitaminizatsiya borasida muammo yo‘q. Tiklanish jarayoniga ham jiddiy qarayapmiz. Terma jamoalar bu masalaga alohida e’tibor qaratishadi”, deydi mutaxassis.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Olimpiya terma jamoasining Toshkent shahri va BAAda o‘tadigan yig‘iniga jalb etilgan futbolchilar ro‘yxati e’lon qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Temur Kapadze Olimpiya terma jamoasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing