Lebron Jeyms “Liverpul” hissadori ekani ma’lum bo‘ldi
Sport
−
25 noyabr 2021
3725Bir necha yil oldin Milliy basketbol assotsiatsiyasi (NBA) muntazam chempionati ishtirokchisi hisoblangan “Los-Anjeles Leykers” klubi hujumchisi Lebron Jeyms Angliyaning “Liverpul” klubining aksiyalarini sotib olgani ma’lum bo‘ldi.
Endilikda dunyoning eng yaxshi sportchilardan biri “Nike” kompaniyasi va Mersisayd klubi vositasida kiyim-kechak tarmog‘ini yo‘lga qo‘ymoqchi.
“Lebron ishtirokida futbol bilan bog‘liq 7-8 ta mahsulot ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi. Tafsilotlar hozircha ma’lum qila olmaymiz, ammo Maykl Jordanning sanoatiga raqobat qiladigan mahsulotlar yaratish istagimiz bor”, deydi “Fenway Sports Group” rahbari Tom Verner.
Eslatib o‘tamiz, ushbu kompaniya “Liverpul” aksiyalariga ega va Lebron Jeyms bilan hamkorlik qiladi.
Ma’lumot uchun, Jeyms joriy yilning 22 noyabr kuni NBA muntazam chempionatidan o‘rin olgan “Detroyt”ga qarshi bahsda raqib futbolchisi Isayya Styuartga zarba yo‘llagani uchun 284 ming AQSH dollari miqdorida jarimaga tortilgan.