Lazizbek Mullajonov WBC Gran-prisida ringga ko‘tarildi (video)
Sport
−
21 aprel 4225 1 daqiqa
Kecha, 20 aprel kuni Saudiya Arabistonida o‘tkazilayotgan WBC Gran-prisida o‘zbekistonlik Olimpiada chempioni Lazizbek Mullajonov ringga ko‘tarildi.
Mullajonov panamalik raqibi Marvin Mendozani 3-raundda texnik nokautga uchratdi va musobaqaning keyngi bosqichiga yo‘l oldi.
Shunday qilib, 25 yoshli Mullajonov profboksdagi 6-g‘alabasiga erishdi.
Mullajanovgacha Ayubxon Baxtiyorov va Mujibillo Tursunov WBC Gran-prisida g‘alaba erishgan bo‘lsa, Kamronbek Eshmatov ukrainalik raqibiga imkoniyatni boy bergandi.
Live
Barchasi