Bugun Toshkentda profboks kechasi o‘tkaziladi
Sport
−
29 yanvar
5829Bugun, 29 yanvar kuni Toshkent shahrida O‘zbekistondagi taniqli professional boks promouteri “Lift” tashkiloti tomonidan boks kechasi tashkil etiladi.
Poytaxtdagi “Yunusobod” sport majmuasi mezbonlik qiladigan turnirning markaziy jangida o‘zbekistonlik Olimpiada chempioni Lazizbek Mullajonov hamyurti Ruslan Miraimovga qarshi ringga ko‘tariladi.
Kecha, 28 yanvar kuni “face-to-face” va tarozidan o‘tish marosimlari bo‘lib o‘tdi. Turnir kardida jami 10 jang o‘rin olgan.
Qayd etish joiz, turnir dastlab 28 yanvarda o‘tkazilishi belgilangandi, biroq noma’lum sabablarga ko‘ra, 29 yanvarga ko‘chirildi. Shuningdek, musobaqada ishtirok etishi kutilgan Abdumalik Xalokov musobaqada qatnashmaydigan bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, janglar 18:00 da boshlanishi rejalashtirilgan.
LiveBarchasi
Trenddagilar
![O‘zbekistonda 1 martdan oylik va nafaqalar oshadimi?](https://ad-admin.qalampir.uz/uploads/LF/thumb_AV506IfBgmW3B2hZlNW2THujNmRi9d.jpg)
![1 apreldan elektr va tabiiy gaz tariflari oshadi](https://ad-admin.qalampir.uz/uploads/R5/thumb_watlnJ8OLVoNjpRyEbpSHTQElY6tLN.jpg)
![Shohjahon Ergashev o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazdi](https://ad-admin.qalampir.uz/uploads/uZ/thumb_pQCThx1ARSebk7O21dg1mBc8ixBmUw.jpg)