Shahram G‘iyosovning navbatdagi jangi sanasi ma’lum bo‘ldi

Sport

image

Joriy yilning 14 noyabr kuni Toshkentdagi “Humo Arena” majmuasida professional boks oqshomi tashkil etiladi. Unda o‘zbekistonlik professional bokschi Shahram G‘iyosov ham jang qiladi. Bu haqda sportchi o‘zining Instagram'dagi sahifasida ma’lum qildi.  

“Jangimiz to‘satdan chiqib qoldi. Xudo xohlasa, 14 noyabr kuni hammani “Humo Arena”da kutamiz. Asosiy kardda o‘zim bo‘laman. Ringga eng oxirgi bo‘lib chiqaman. Ya’ni, asosiy jang mening ishtirokimda bo‘lib o‘tadi. Xudo xohlasa, juda chiroyli jang bo‘lishi kerak. Yaqin orada raqib ham e’lon qilinadi. To‘satdan chiqdi, o‘ylanmay rozi bo‘ldim. Aks holda, yana AQSHga uchish kerak bo‘lardi”, dedi G‘iyosov Instagram sahifasida.

Ma’lumot uchun, “Humo Arena” da bo‘lib o‘tadigan professional boks oqshomida G‘iyosovdan tashqari Lazizbek Mullajonov, A’loxon Abdullayev kabi o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustalari ham ishtirok etishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Shahram G‘iyosov joriy yilning 13 aprel tongida Amerikaning Atlantik-Siti shahrida o‘tkazilgan profboks kechasida ringga ko‘tarilib, profringdagi 17-g‘alabasiga erishgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Shahram G'iyosov A'loxon Abdullaev Lazizbek Mullajonov boks oqshomi Humo Arena

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing