Xalokov va Mullajonov Toshkentda o‘tadigan profboks kechasida jang qiladi
Sport
−
22 yanvar 2025 5519 1 daqiqa
Joriy yilning 28 yanvar kuni Toshkent shahrida professional boks oqshomi o‘tkaziladi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar berdi.
“Lift promotion” tomonidan o‘tkaziladigan turnirda o‘zbekistonlik Olimpiada chempionlari Abdumalik Xalokov va Lazizbek Mullajonov ham ringga ko‘tariladi. Hozircha ularning musobaqadagi raqiblari noma’lum.
Xalokov va Mullajonovdan tashqari o‘zbekistonlik Suxrobjon Qayumov ham musobaqada qatnashadi. Tez orada musobaqada ishtirok etuvchilarning to‘liq ro‘yxati e’lon qilinadi.

Ma’lumot uchun, boks turniriga Toshkent shahridagi “Yunusobod” sport majmuasi mezbonlik qiladi. Janglar soat 18:00 da boshlanishi rejalashtirilgan.
Live
Barchasi