Laziz To‘ychiyev Prezident maslahatchisiga birinchi o‘rinbosar etib tayinlandi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga Laziz Nodirovich To‘ychiyev tayinlandi. Bu haqda SSV Matbuot xizmati xabar berdi.

Laziz To‘ychiyev 2016 yildan buyon Toshkent tibbiyot akademiyasi rektori vazifasida ishlab kelayotgan edi.

Tibbiyot fanlari doktori, professor Laziz To‘ychiyev bundan avval Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti direktori va O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari kabi mas’ul lavozimlarda mehnat qilgan.

2020 yilda “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlangan.

Avvalroq, sobiq Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov Toshkent tibbiyot akademiyasining rektori etib tayinlangani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

tayinlov Laziz To'ychiev

Baholaganlar

193

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made