Laziz Qudratov Termizda “Tolibon” vaziri bilan uchrashdi

Jamiyat

image

Joriy yilning 1 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov Surxondaryo viloyatidagi “Termiz” xalqaro savdo markaziga tashrif buyurgan Afg‘onistondagi muvaqqat hukumatning savdo vaziri Nuruddin Aziziy boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, o‘rtadagi muzokaralar chog‘ida ikki tomonlama O‘zbekiston-Afg‘oniston savdo-iqtisodiy munosabatlarining bugungi holati va uni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilingan. Suhbat davomida o‘zaro savdo hajmini 3 mlrd dollarga yetkazish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilangan.

Shuningdek, savdo bilan bir qatorda qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik, farmatsevtika, oziq-ovqat va tog‘-kon sanoati sohalarida ham o‘zaro manfaatli hamkorlik va sanoat kooperatsiyasini kengaytirish bo‘yicha navbatdagi tadbirlar ko‘rib chiqilgan.

“Tashrif doirasida har ikki tomondan 60 ga yaqin tadbirkorlar ishtirokida B2B muzokaralari tashkil etilib, unda ishbilarmon doiralar vakillari yangi aloqalarni o‘rnatish, yangi qo‘shma loyihalar va savdo shartnomalarini amalga oshirishning amaliy jihatlarini muhokama qilish imkoniga ega bo‘ldi”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, 22 fevral kuni Afg‘oniston Markaziy bankining (Da Afghanistan Bank) prezidenti Nur Ahmad Og‘a Toshkent shahrida O‘zbekiston Markaziy bankining raisi Timur Ishmetov bilan uchrashgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Tolibon Laziz Qudratov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing