Lavrov “yadroviy urush xavfi”dan ogohlantirdi 

Olam

image
0:00
0:00
download

Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov “yadro urushining jiddiy xavflari” paydo bo‘lganiga ishora qildi. Bu haqda u Birinchi kanal dasturida gapirgan. 

“Hozir xavflar juda katta. Men ularni sun’iy ravishda oshirib yuborishni xohlamagan bo‘lardim. Xohlaganlar kam emas. Xavf jiddiy, haqiqiy. Buni e’tibordan chetda qoldirib bo‘lmaydi”, degan u. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, Moskva Vashington o‘zini qanday tutayotganini, Vashington esa Moskva o‘zini qanday tutayotganini tushungan. Lavrovning ta’kidlashicha, Karib inqirozi davrida SSSR va AQSH “rahbarlari ishongan aloqa kanali mavjud bo‘lgan”. 

“Hozir bunday kanal yo‘q va hech kim uni yaratishga urinmayapti”, degan Rossiya TIV rahbari. 

Shuningdek, u NATOga a’zo mamlakatlarning Kiyevga qurol yetkazib berishini “Rossiyaga qarshi proksi urushi” ekanligini aytgan. 

“Rossiya Federatsiyasi qurolli kuchlari ushbu qurollar omborlarini Ukraina hududidagi nishon sifatida ko‘radi”, degan Lavrov.  

Unga ko‘ra, Moskva Ukrainaga keng ko‘lamli harbiy bosqin boshlanishida qo‘ygan talablaridan voz kechmayapti.


Maqola muallifi

Teglar

Lavrov yadro urushi

Baholaganlar

954

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing