Rossiya Shimoliy Koreyani G‘arbdan himoya qiladi – Lavrov 

Olam

image

Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov G‘arbning Koreya yarim orolidagi kelishuvdan bosh tortishi uning Koreya Xalq Demokratik Respublikasi (KXDR)ga qarshi rezolyutsiyani BMT Xavfsizlik kengashiga kiritishga urinishlariga chek qo‘yishini aytdi. Bu haqda u bugun, 13 sentyabr kuni Rossiya va Shimoliy Koreya yetakchilarining uchrashuvi doirasidagi tadbirlar orasida so‘z ochdi.

Sergey Lavrov G‘arb o‘z strategik kuchlari elementlarini Koreya yarim oroli janubiga o‘tkazayotganini ta’kidlagan. 

“Yadro qurollari Koreya yarim orolining janubida, Janubiy Koreya va Yaponiyada u yoki bu ko‘rinishda paydo bo‘lishi haqida allaqachon gap ketmoqda. Ularning siyosiy xarakterdagi har qanday chora-tadbirlarni qo‘llashdan qat’iyan voz kechishi, bundan buyon Xavfsizlik Kengashiga sanksiyalar bo‘yicha rezolyutsiya kiritishga chek qo‘yadi”, deydi Rossiya TIV rahbari.

Shuningdek, Lavrov o‘tgan yilning bahorida AQSH Shimoliy Koreyaga qarshi BMTning navbatdagi rezalutsiyasini qabul qilishga uringani, biroq Rossiya va Xitoy Xavfsizlik Kengashida bunga to‘sqinlik qilganini eslatgan.

Ma’lumot uchun, BMT Xavfsizlik Kengashi tomonidan Shimoliy Koreyaga nisbatan joriy qilingan sanksiyalar qatoriga tabiiy gaz ta’minotiga embargo va qayta ishlangan neft mahsulotlari eksportini cheklash kabi ko‘plab choralar kiradi. Shuningdek, mamlakatdan dengiz mahsulotlari, to‘qimachilik, ko‘mir, temir rudasi, boshqa xom ashyo va foydali qazilmalar sotib olish, ishchi kuchini eksport qilish taqiqlangan. 

Taxminlarga ko‘ra, ushbu cheklovlarning barchasi KXDRni xom ashyo va tovarlar eksportidan keladigan daromadning 90% dan ko‘prog‘idan mahrum qiladi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Xitoy Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mao Ning Amerika Qo‘shma Shtatlari Shimoliy Koreyaga nisbatan sanksiyalar bosimini to‘xtatib, Koreya yarim orolini yadrosizlantirishga nisbatan o‘z munosabatini qayta ko‘rib chiqishi kerakligini aytgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Shimoliy Koreya Lavrov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing