Lavrov va Blinken Rossiyaning talablari bo‘yicha muzokara boshladi

Olam

image

Jenevada Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov va AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken o‘rtasida Rossiyaning xavfsizlik kafolatlari bo‘yicha takliflari yuzasidan muzokaralar boshlandi.

Rossiya delegatsiyasidagi manbalarning “Interfaks”ga aytishicha, muzokaralarning rejalashtirilgan davomiyligi taxminan ikki soatni tashkil etadi, shundan so‘ng Lavrov va Blinken alohida matbuot anjumanlari o‘tkazadi.

Lavrov Jenevada xavfsizlik kafolatlari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazish taklifi uchun AQSHga minnatdorlik bildirgan.

“Siz Yevropaga safaringiz chog‘ida bu uchrashuvdan muvaffaqiyat kutmasligingizni aytdingiz. Biz ham bu uchrashuvdan muvaffaqiyat kutmayapmiz, takliflarimizga javob kutmoqdamiz”, degan Lavrov Jenevada amerikalik siyosatchi bilan uchrashuvni ochib berar ekan.

Lavrovning ta’kidlashicha, “takliflar aniq va biz xavfsizlikning bo‘linmasligi masalalari bo‘yicha YeXHT doirasida eng yuqori darajada qabul qilingan majburiyatlarga muvofiq va ularga to‘liq mos keladigan aniq javoblar kerak.

“Qo‘shma Shtatlar ushbu majburiyatlarni qanday izohlashini eshitish men uchun juda qiziq”, degan Lavrov.

Blinken esa Qo‘shma Shtatlar vaziyatni pasaytirish uchun Rossiya bilan muloqotga tayyor ekanini biroq Ukrainaga qarshi tajovuz bo‘lsa, keskin javob berilishini istisno etmasligini ta’kidlagan.

“Bu juda muhim daqiqa. Siz haqsiz, biz bu yerda va hozir natijalarni kutmayapmiz, lekin umid qilamanki, diplomatiya imkoniyatlari ochiq qoladi. Biz mana shu yo‘lga sodiqmiz: mavjud qarama-qarshiliklarni tinch yo‘l bilan hal qilish”, degan u.

Ma’lumot o‘rnida, Rossiya o‘tgan yilning dekabr oyi o‘rtalarida o‘z xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha kafolatlar bo‘yicha takliflarni ilgari surdi. Gap ikkita hujjat - Rossiya Federatsiyasi va AQSH o‘rtasidagi xavfsizlik kafolatlari to‘g‘risidagi Shartnoma hamda Rossiya Federatsiyasi va NATOga a’zo davlatlarning xavfsizligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risidagi bitim haqida bormoqda.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh-Rossiya

Baholaganlar

221

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing