Lavrov Ukraina doni ortilgan kemalarni himoya qiladigan uchinchi tomon borligini aytdi

Olam

image
0:00
0:00
download

Ukraina portlaridan jahon bozoriga don va don mahsulotlarini yetkazib beruvchi kemalar xavfsizligini Qora dengizda Rossiya va Turkiyadan tashqari yana bir davlat ta’minlaydi. Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ma’lum qildi.

“Istanbulda biz Ukraina minalardan tozalash bilan shug‘ullanishiga, ochiq dengizda kemalarni ishga tushirishiga, Rossiya, Turkiya va kimligiga aniqlik kiritiladigan yana bir ishtirokchi, kemani Bosforga kuzatib borishiga kelishdik”, degan Lavrov.

Vazir uchinchi ishtirokchi qaysi davlat ekaniga aniqlik kiritmagan.

Ma’lumot uchun, 22 iyul kuni Turkiyaning Istanbul shahrida Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish, Turkiya Milliy Mudofaa vaziri Hulusi Akar va Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoygu ishtirokida “Don yo‘lagi” hujjati imzolandi. Istanbulda tuzilgan shartnomalar Odessa, Chernomorsk va Yujniy portlaridan don eksportini boshlashni nazarda tutadi.

Biroq kelishuv imzolanganiga 24 soat ham bo‘lmasdan Ukraina Qurolli Kuchlarining “Janub” operativ qo‘mondonligi 23 iyul kuni ertalab Rossiya harbiylari Odessa dengiz savdo portiga “Kalibr” raketalari bilan hujum uyushtirgani haqida xabar berdi.

Ukraina TIV  hujumga munosabat bildirib, Rossiya raketasi Vladimir Putinning BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish va Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anning yuziga tupurishidir, deb baholadi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

240

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing