Lavrov Ukraina hukumatini “xalqaro tilanchi”ga chiqardi
Olam
−
17 fevral
13641Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Kiyev hukumatini “xalqaro tilanchilar”, Ukrainaning o‘zini esa halok bo‘layotgan hudud deb atadi. U bu haqda kecha Moskvada bo‘lib o‘tgan “Yevromaydon: Ukrainaning yo‘qolgan o‘n yilligi” konferensiyasida so‘zlagan nutqida aytib o‘tdi.
Vazirning ta’kidlashicha, G‘arb Ukrainadan Rossiyani jilovlash, uni strategik mag‘lubiyatga uchratish va jahon sahnasida o‘ziga munosib rol o‘ynashiga yo‘l qo‘ymaslik uchun har kuyga solmoqda.
“G‘arb Rossiyani nazorat ostida ushlab turish, ta’bir joiz bo‘lsa, strategik jihatdan Rossiyani mag‘lub etish va jahon sahnasida o‘ziga munosib rol o‘ynashiga yo‘l qo‘ymaslik uchun Ukrainadan o‘z maqsadi yo‘lida foydalanmoqda”, degan u.
Ukrainani Chor Rossiyasidan sovet ittifoqigacha eng yuqori salohiyatli davlat bo‘lgani haqida eslab o‘tgan Lavrov bugun uni tilanchiga aylanganini iddao qilgan.
“Natijada Rossiya imperiyasi (Chor Rossiyasi) va Sovet Ittifoqi davrida eng boy va yuqori sanoat salohiyatiga ega Ukraina Yevropadagi eng qashshoq va yo‘q bo‘lib borayotgan mintaqaga aylandi. Hozirda Kiyev rasmiylari xalqaro tilanchi sifatida ko‘rilmoqda”, degan vazir.
Lavrov, G‘arbning Ukrainani qo‘llab-quvvatlashi kamayib ketganiga ham e’tibor qaratgan.
“To‘p bizning maydonda emas, buni hamma biladi. G‘arbning Ukrainani qo‘llab-quvvatlashi zaiflashmoqda. Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar jami 144 milliard yevro yordam berish majburiyatini olgan. Biroq, Ukrainaga 77 milliard yevro ajratildi” deya qo‘shimcha qilgan 73 yoshli Lavrov.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya TIV rahbari Trampning hokimiyatga qaytishi Ukrainadagi vaziyatni o‘zgartirmasligini aytgan edi.
LiveBarchasi