Lavrov Tojikistonga keladi
Olam
−
05 iyun 2023
5853Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov 5-6 iyun kunlari rasmiy tashrif bilan Tojikistonda bo‘ladi. Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar diplomatik departamenti saytidagi xabarda aytiladi.
Qayd etilishicha, Lavrovning Tojikiston Tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Muhriddin bilan muzokaralari, shuningdek, mamlakat Prezidenti Imomali Rahmon bilan uchrashuvi rejalashtirilgan.
“Muloqot chog‘ida ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalari, Moskva va Dushanbe o‘rtasidagi ittifoqni yanada rivojlantirish istiqbollarini muhokama qilish rejalashtirilgan”, deyiladi xabarda.
Rossiya Tashqi ishlar vaziri tashrifi doirasida yosh diplomatlar, talabalar, jurnalistlar, ekspert va ilmiy doiralari vakillari bilan ham uchrashadi. Shuningdek, uning 201-Rossiya harbiy bazasiga ham borishi rejalashtirilgan.
LiveBarchasi