Lavrov SHHT davlatlarini dollardan yuz o‘girishga chaqirdi
Jamiyat
−
29 iyul 2022
16726Shanxay Hamkorlik Tashkilotining (SHHT) har bir davlati dollardan voz kechish to‘g‘risida o‘zi qaror qilishi kerak, ammo suiiste’mol qilish ehtimoli nuqtai nazaridan ushbu valyutaning ishonchsizligi haqida yetarlicha faktlar mavjud. Bu haqda bugun, 29 iyul kuni jurnalistlarga Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov SHHTga a’zo davlatlar Tashqi ishlar vazirlari kengashi (TIVK) yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha ma’lum qildi.
“Har bir SHHT davlati, suiiste’mol qilish ehtimoli nuqtai nazaridan ushbu valyutaning mutlaq ishonchsizligini hisobga olgan holda, dollarga tayanish qanchalik qulay ekanligini o‘zi hal qilishi kerak. Amerikaliklar buni bir necha davlatlarga nisbatan bir necha bor qo‘llashgan, shuning uchun ishonchim komilki, SHHT mamlakatlari vaziyatni baholaydigan, xulosalar chiqaradigan va o‘z manfaatlarini anglagan holda amaliy qadamlar qo‘yadigan o‘z tahliliy tuzilmalariga ega”, degan u SHHT mamlakatlari dollardan voz kechishi istiqbollari haqidagi savolga javob berar ekan.
Lavrovning ta’kidlashicha, Vazirlar kengashining yig‘ilishi yakunida SHHTga a’zo davlatlar rahbarlari uchun “o‘zaro hisob-kitoblarda milliy valyutalardan foydalanishni kengaytirishga o‘tish bo‘yicha yo‘l xaritasi” kelishilgan.
Shanxay Hamkorlik Tashkiloti (SHHT) doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi mintaqaviy xalqaro birlashma bo‘lib, 2001 yil 15 iyun kuni Shanxayda tashkil etilgan. SHHTga Rossiya, Hindiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Xitoy, Pokiston, Tojikiston va O‘zbekiston a’zodir. Bu yil tashkilotga raislik O‘zbekistonga o‘tdi.
LiveBarchasi