Lavrov Rossiya AQSH bilan qanday munosabatda bo‘lishni istashini aytdi

Olam

image

Rossiya AQSH bilan yaxshi, o‘zaro hurmatga asoslangan, teng huquqli munosabatlar o‘rnatilishini istaydi. Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ma’lum qildi.

“Biz Qo‘shma Shtatlar bilan, shuningdek, dunyodagi boshqa har qanday davlat bilan yaxshi, o‘zaro hurmatga asoslangan, teng huquqli munosabatlar o‘rnatilishini istaymiz. Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bu haqda AQSH Prezidenti Jo Baydenga aytdi, u 2021 yil iyun oyida Jenevada bo‘lib o‘tgan uchrashuvda aynan shunday munosabatni tasdiqlagan edi”, degan Lavrov Birinchi kanalning “yak”shanba vaqti” dasturida.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Rossiyaning ham AQSH kabi o‘z manfaatlari bor. 

“Achchiq tajribadan saboq olgan holda, biz har kuni xavfsizligimiz buziladigan ahvolda qolishni istamaymiz”, degan Rossiya Tashqi ishlar vaziri.

2021 yil oxirida Rossiya AQSH bilan shartnoma va NATO bilan xavfsizlik kafolatlari bo‘yicha kelishuv loyihalarini chop etdi. Xususan, Moskva o‘zining g‘arblik hamkorlaridan NATOning sharqda yanada kengayishini to‘xtatish, Ukrainani alyansga qo‘shish va postsovet mamlakatlarida harbiy bazalar ochishdan bosh tortishning huquqiy kafolatlarini talab qilmoqda. Takliflarda, shuningdek, NATOning zarba beruvchi qurollarini Rossiya chegaralari yaqinida joylashtirmaslik va Sharqiy Yevropadagi ittifoq kuchlarini 1997 yilgi pozitsiyalarga qaytarish to‘g‘risidagi band ham bor.

AQSH va NATO Rossiyaning taklifi va talablarini rad etdi. Xususan, AQSH Rossiya bilan qurollanishni cheklash borasida hamkorlik qilishga tayyorligini bildirdi. NATO esa tashkilotga kim a’zo bo‘lishini mustaqil hal qilishini bildirdi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh-Rossiya

Baholaganlar

408

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing