Lavrov Putinning saratonga chalingani haqidagi xabarlarga izoh berdi

Olam

image

Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Yevropada Prezident Vladimir Putinning xastaligi haqida tarqalgan mish-mishlarga izoh berdi. Vazirning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya rahbari har kuni omma oldida chiqish qilayotganini ko‘rib turgan aqli raso odamlar unda kasallik alomatlarini topishlari dargumon.

“Prezident Putin har kuni omma oldiga chiqadi. Uni ekranlarda tomosha qilish, nutqlarini o‘qish va tinglash mumkin. Menimcha, aqli raso odamlar bu odamda qandaydir kasallik yoki kasallik belgilarini ko‘ra olmaydi”, degan Lavrov Fransiyaning TF1 telekanaliga bergan intervyusida.

Qayd etish kerakki, Buyuk Britaniyaning “Daily Mirror” nashri Rossiya Prezidenti Putin saraton kasalligiga chalingani va uning uch yil umri qolgani haqida xabar bergandi. Shuningdek, Putin ko‘rish qobiliyatini yo‘qotayotgani aytilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Sergey Lavrov

Baholaganlar

2968

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing