Lavrov Mirziyoyev bilan uchrashish uchun Toshkentga kelyapti
Olam
−
17 aprel 12251 1 daqiqa
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov 22-23 aprel kunlari rasmiy tashrif bilan poytaxt Toshkentga keladi. Bu haqda Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova bugun, 17 aprel kuni bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qildi.
“22-23 aprel kunlari Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov O‘zbekistonda rasmiy tashrif bilan bo‘ladi”, deydi TIV voizi.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Rossiya Tashqi ishlar vazirining Toshkentda bo‘lishi davomida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuvlar, shuningdek, mamlakat Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bilan batafsil muzokaralar o‘tkazish rejalashtirilgan.
Lavrovning kelishi va uchrashuvlar haqida O‘zbekiston tomoni ma’lumot berganicha yo‘q.
Ma’lumot uchun, Sergey Lavrov so‘nggi bor O‘zbekistonga 2023 yilning aprelida Afg‘oniston va MDH Tashqi ishlar vazirlari kengashi yig‘ilishida ishtirok etish uchun kelgandi. Yig‘ilish Samarqandda bo‘lib o‘tgan.
Live
Barchasi