Lavrov Lotin Amerikasida. U G‘arbning “shantajiga” qarshi birlashish uchun sherik qidirmoqda

Olam

image

Kecha, 18 aprel kuni Rossiya Tashqi ishlar vaziri Lotin Amerikasi bo‘ylab safari chog‘ida mamlakatlarni G‘arbning "shantajiga" qarshi birlashishga chaqirdi. Bu haqda “Euronews” xabar berdi.

“G‘arbning shantaj urinishlari va noqonuniy bir tomonlama bosimiga qarshi turish uchun kuchlarni birlashtirish zarur”, degan Sergey Lavrov Venesuela poytaxti Karakasda.

Lavrov venesuelalik mavqedoshi Ivan Gil bilan birga AQSH va uning ittifoqchilari hukmronlik qilmaydigan "ko‘p qutbli dunyo"ga da’vat etgan. Keyinroq Venesuela Prezidenti Nikolas Maduro Twitter'da “yoqimli uchrashuv” haqida gapirib, “hamkorlik rejasini” birlashtirganini ma’lum qilgan.

Janubiy Amerikaning shimoliy qirg‘og‘ida joylashgan mamlakat Lavrov safarining ikkinchi manzili bo‘lgan. U dastlab Braziliyaga borgan va yaqin kunlar ichida Kuba va Nikaraguaga ham borishi kutilmoqda.

Manbada aytilishicha, har uchala davlat ham sotsializmga moyil hukumatlar tomonidan boshqariladi. Demokratik kamchiliklar uchun tanqid qilingan mazkur davlatlarning AQSH bilan munosabatlari bir necha yillar davomida yomonlashgan.

Kecha, 18 aprel kuni Braziliya Prezident Lulaning Lavrov bilan uchrashuvidan so‘ng Braziliya Vashington tomonidan “Rossiya tashviqotini aks ettirgani” uchun qoralangan. Braziliya rahbari keyinroq AQSH Ukrainadagi urushni rag‘batlantirmoqda deb hisoblagan izohlardan qaytgan va Rossiya bosqinini yomonlagan.

Lavrov ushbu safari chog‘ida ham Ukraina urushidan gap ochgan va Rossiya harakatlarini oqlashga uringan. 

“Biz Ukrainadagi vaziyatni va dunyodagi boshqa mojarolarni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Nizomining davlatlarning suveren tengligi to‘g‘risidagi tamoyillari, xavfsizlikning bo‘linmasligi prinsipi asosida hal qilamiz. Bizning vazifamiz BMT Nizomi to‘liq qo‘llanilishini va o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqidan mahrum qilinmasligini ta’minlashdir”, degan Rossiya Tashqi ishlar vaziri.

Prezident Ugo Chaves davridan beri (1999-2013) Rossiyaning asosiy ittifoqchisi bo‘lgan Venesuela Ukrainaga bostirib kirishdan oldin va keyin ham Rossiya va uning rahbari Vladimir Putinni qo‘llab-quvvatlab keladi. Prezident Maduro 2008 yilgi Gruziya urushida ham Moskvani qo‘llab-quvvatlagan. O‘z navbatida, Rossiya Venesuelaga AQSH va boshqa G‘arb davlatlari tomonidan kiritilgan sanksiyalarni chetlab o‘tishga yordam berdi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Venesuela Braziliya Lavrov Lotin Amerikasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing