Lavrov keyingi MDH sammiti Toshkentda o‘tishini ma’lum qildi

Olam

image

2020 yil 16 oktabr kuni Toshkentda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi sammiti bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ma’lum qildi.

Uning qayd etishicha, bugun, 12 may kuni MDH tashqi ishlar vazirlarining videokonferensiya shaklida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida Hamdo‘stlik davlatlarining integratsion aloqalarini kuchaytirish to‘g‘risidagi hujjatlar qabul qilingan. Hujjatlar mudofaa va xavfsizlik, ta’lim hamda madaniy-gumanitar sohalarga oid.

“Ushbu hujjatlarning bir qismi 2020 yil 16 oktyabrda Toshkentda o‘tkazilishi rejalashtirilgan MDH Davlat rahbarlari kengashida taqdim etiladi“, deydi Rossiya tashqi ishlar vaziri.

Lavrov ta’kidlaganidek, ushbu tadbir arafasida, 15 oktyabr kuni Toshkentda MDH tashqi ishlar vazirlarining yangi yig‘ilishi bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

 

Maqola muallifi

Teglar

Toshkent MDH Sergey Lavrov

Baholaganlar

134

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing