Lavrov G‘arbning sanksiyalar bo‘yicha Markaziy Osiyodagi harakatlarini beadablik deb atadi
Olam
−
27 noyabr 2023
7575AQSH va Yevropa Ittifoqi vakillarining Rossiyaga qarshi qo‘llanilgan sanksiyalarga amal qilinishini talab qilib, Markaziy Osiyo davlatlariga tashrif buyurishi – beadablik. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bugun, 27 noyabr kuni “Primakov o‘qishlari” forumidagi nutqida so‘z ochdi.
“Hozir Amerika, Yevropa Ittifoqi va Angliyaning sanksiyalar bo‘yicha rasman tayinlangan elchilari Markaziy Osiyo bo‘ylab sayohat qilmoqdalar va ular borib, ochiqchasiga aytishyapti: “Siz KXSHTda (Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkiloti), YeOII (Yevroosiyo Iqtisodiy Ittifoqi), MDH (Mastaqil Davlatlar Hamdo‘stligi), SHHT [Shanxay Hamkorlik Tashkiloti]dasiz, lekin bizning sanksiyalarimizga rioya qilishingiz kerak”. Bu, menimcha, shunchaki beadablik”, deydi vazir.
Uning qayd etishicha, G‘arb davlatlari ayyorlik bilan bo‘lsa-da biroz hurmatliroq harakat yo‘l tutishlari mumkin edi.
“Ular o‘sha mamlakatlarni kamsitadilar”, deb tushuntirdi Lavrov.
Uning aytishicha, Rossiya “yumshoq kuch agentlari” soni bo‘yicha AQSHdan ortda va unga yetib olishga harakat ham qilmaydi.
“Bizga bunday "yumshoq kuch" kerak emas. Biz doktrinal hujjatlarimizda gapirishni va Rossiyaning chet elda ijobiy imidjini yaratish ustida ishlashni anchadan beri to‘xtatganmiz. Biz ob’ektiv yozamiz. Kamchiliklarimizni bilamiz, yashiradigan narsamiz yo‘q”, deydi u.
LiveBarchasi