Lavrov G‘arb bilan do‘st bo‘lish shartini ma’lum qildi

Olam

image
0:00
0:00
download
Kreml “hamlasi“: Putin Rossiyasi Qrimni qanday qilib “bosib“ olgandi? north_east

Kreml “hamlasi“: Putin Rossiyasi Qrimni qanday qilib “bosib“ olgandi?

Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov rasmiy Moskvaning G‘arb davlatlari bilan do‘stlashish shartlarini ma’lum qildi. TIV rahbarining so‘zlarini “RIA Novosti” keltirmoqda.  

“Biz G‘arb bilan do‘st bo‘lishga tayyormiz, lekin shuni ta’kidlayman: faqat asrlar va ming yillar davomida mamlakatimiz mavjudligini ota-bobolarimizdan meros qilib olgan o‘z qadr-qimmatimizni his qilgan holda”, deydi Lavrov. 

Vazirning ta’kidlashicha, shu bilan birga Rossiya har bir rus uchun qadrli bo‘lgan o‘z tarixi va urf-odatlarini e’tiborsiz qoldirib, G‘arb bilan munosabatlarni rivojlantira olmaydi. Fuqarolarning farovonligi esa Rossiya tashqi siyosatining asosiy maqsadi hisoblanadi.

“Biz har doim milliy g‘ururni saqlab kelmoqdamiz, bu juda muhim xususiyat, hamma millatlarda ham bu mavjud emas va bizning vatanparvarligimiz, shu jumladan adolatni himoya qilish va zaiflarga yordam berishga tayyorligimiz juda muhim. Bular eng katta insoniy fazilatlar va kundalik hayotda biz ulardan faxrlanar ekanmiz, unda shubhasiz, xalqaro maydondagi pozitsiyamizda ham buni namoyon qilishingiz kerak”, deydi u.

Rasmiy Moskva va Vashington o‘rtasidagi munosabatlar 2014 yilgi Ukrainadagi voqealar hamda Rossiyaning Qrim yarimorolini o‘z hududiga qo‘shib olishidan so‘ng, keskin yomonlashib ketdi. Rossiyaning AQSHdagi 2016 yilgi prezidentlik saylovlariga aralashgani va xakerlik hujumlarini uyushtirgani to‘g‘risidagi ayblovlar ziddiyatning ortishida ikkinchi bosqich bo‘lib xizmat qildi. Oqibatda ikki tomon ham bir-biriga qarshi ko‘plab sanksiyalarni qo‘lladi.

Shunday bo‘lsa-da, 20 may kuni Rossiya Tashqi ishlar vaziri Islandiyaning poytaxti Reykyavikda Arktika kengashi vazirlari sessiyasi doirasida AQSH davlat kotibi Entoni Blinken bilan birinchi marta yuzma-yuz uchrashdi. Suhbat davomida tomonlar munosabatlarni rivojlantirishga tayyor ekanligini bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, hozirda ikki davlat Prezidentlari Vladimir Putin va Jo Baydenning uchrashuvi qizg‘in muhokama qilinmoqda. Finlyandiya, Islandiya va Avstriya kabi bir qator Yevropa davlatlari ushbu tarixiy uchrashuv uchun mezbonlik qilish istagini bildirgan. O‘z navbatida, xalqaro hamjamiyat ikki gigant davlat rahbarlarining uchrashuvidan ko‘p ijobiy natijalarni kutmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

191

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing