Gorbachyov va Reygan izidan: Putin va Bayden Islandiyada uchrashishi mumkin

Olam

image
0:00
0:00
download

Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin va AQSH Prezidenti Jozef Bayden Islandiya poytaxti Reykyavikda uchrashishi mumkin. Bu haqda “Politico” gazetasi xabar bermoqda.

Nashr ma’lumotiga ko‘ra, Praga (Chexiya), Lyublyana (Sloveniya) yoki Baku (Ozarbayjon) ham Rossiya va AQSH prezidentlari o‘rtasidagi uchrashuv joyi sifatida ko‘rilmoqda.

Avvalroq, Jo Bayden Vladimir Putinni shaxsiy uchrashuvga taklif qilgan edi. Ko‘p o‘tmay esa, Finlyandiya Prezidenti Sauli Niinistyo sammitni Xelsinki tomonidan tashkil etishga tayyorligini e’lon qilgan edi.

Ma’lumot o‘rnida, 1986 yilda SSSR rahbari Mixail Gorbachyov ASHQ Prezidenti Ronalod Reygan bilan aynan Reykyavikda uchrashgan. Shundan so‘ng sovet-amerika munosabatlaridagi keskinlikni yumshatish yo‘lidagi muhim voqea bo‘lgan edi.

Sardor Nurmatov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

189

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing