Lavrov Fidan bilan Suriyani muhokama qildi

Olam

image

Bugun, 6 fevral kuni Turkiya Tashqi ishlar vaziri Xoqon Fidan rossiyalik mavqedoshi Sergey Lavrov bilan telefon orqali suhbatlashdi. Bu haqda Turkiya TIVdagi manbasiga tayanib, Ria Novosti xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, ikki davlat amaldorlari Suriya va Ukrainadagi vaziyatni telefon orqali muhokama qilgan.

Shuningdek, suhbat davomida ikki davlat o‘rtasidagi aloqalar masalasi ham muhokama qilingan.

Ma’lumot uchun, o‘tgan oyda Suriyaning yangi o‘tish davri hukumati Rossiya kompaniyasi bilan Tartus dengiz portini boshqarish bo‘yicha kelishuvni bekor qildi. Sun’iy yo‘ldosh tasvirlari Tartus portidagi Rossiya harbiy bazasidan harbiy texnikalarni olib chiqish boshlanganini va  yuklash jarayonini Rossiya harbiy floti jangovar kemasi kuzatib borayotganini ko‘rsatmoqda. Bu orada OAVda Turkiya Suriyada ikkita harbiy baza qurib, u yerga F-16 qiruvchi samolyotlarini joylashtirishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalmoqda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 28 yanvar kuni Rossiya delegatsiyasi hokimiyat almashganidan keyin ilk bor Suriya poytaxti Damashqqa tashrif buyurgan. Tashrif davomida Rossiya vakillari Suriyaning yangi hokimiyati a’zolari bilan muzokaralar o‘tkazgan. Shundan so‘ng, Rossiya Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Rossiya Federatsiyasi Suriyaning yangi hukumati vakillari bilan muloqotni davom ettirishi haqida ma’lum qilgandi. Shuningdek, u Suriya Rossiya uchun muhim davlat ekanini ham ta’kidlagandi.


Maqola muallifi

Teglar

Suriya Ukraina Sergey Lavrov Xoqon Fidan

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing